Kitoblar olamiga sayohat
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari, 2021 yil 24 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbus hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabr kunidagi "2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi qarorlari hamda O'zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 03 iyul kunidagi buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida, Termiz shahrida joylashgan Sobir Termiziy nomidagi Markaziy kutubxonaga tashrif buyurishdi.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari o'rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning ma'naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirish, tizimda kitobxonlikni keng targ'ib qilish orqali xodimlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish ularni kitob o'qishga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iboratdir.
Sobir Termiziy nomidagi Markaziy kutubxonada xodimlarga muassasaning mas'ul xodimlari tomonidan kutubxona haqida to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi.
Shundan so'ng, ilmga chanqoq xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari mazkur kutubxonada mavjud adabiyotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Kelgusida ichki ishlar organlari xodimlari o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lishdi.
Ushbu kutubxonaga uyushtirilgan sayohat tizimda xizmat qilib kelayotgan xodimlarda ulkan ta'surotlar uyg'otibgina qolmasdan, kelgusida ularning xizmat faoliyatida yuksak ma'naviyatli kadr bo'lib etishishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati