“Kitobxonlik haftaligi” doirasida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari uchun Axborot resurs markaziga sayohat hamda “Kitob yarmarka”si tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabr kunidagi
“2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash
milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2024 yil 19 aprel kunidagi
tegishli farymoyishiga asosan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish
doirasida Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlarning kitobxonlik
madaniyatini rivojlantirish, tizimda faol kitobxonlar safini kengaytirish maqsadida
joriy yilning 22-27 aprel kunlari “Kitobxonlik haftaligi” deb e’lon qilindi.
Shu munosabat
bilan, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimlari tomonidan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari uchun o‘zbek
va jahon adabiyotining eng sara durdona asarlaridan iborat “Kitob yarmarkasi” tashkil
etildi.
Shundan
so‘ng, Ichki ishlar organlari tizimida xizmat olib borayotgan
xodim va xodimalar bilan birgalikda Termiz shahrida joylashgan “Adib Sobir Termiziy”
nomidagi markaziy axborot resurslar markazi (kutubxona)ga tashrif buyurishdi. Bundan
ko‘zlangan asosiy maqsad ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida kitobxonlik
madaniyatini rivojlantirish, ularni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada
oshirishdan iborat. Tashrif davomida xodimlarga kutubxona mas’ul xodimlari tomonidan
kutubxona to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng ilmga chanqoq viloyat ichki ishlar organlari yosh xodimlari
mazkur kutubxonada mavjud adabiyotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘libgina
qolmay kutubxonaning doimiy kitobxoniga ham aylanishdi. Viloyat ichki ishlar organlarining
yosh xodimlari shu yerning o‘zida kutubxonaga a’zo bo‘lishib, uch yil davomida ushbu
dargohga kelib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlarini olib o‘qish imkoniyatiga ega
bo‘ldilar. Bu kabi tadbirlar tizimda xizmat qilib kelayotgan xodimlarda ulkan taassurotlar
uyg‘otibgina qolmasdan, ularning kelgusidagi xizmat faoliyatida yuksak ma’naviyatli
kadr bo‘lib yetishishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu kabi
kitobxonlik tadbirlari viloyatning barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida
uyushqoqlik bilan tashkil etib kelinmoqda.