Kitobxonlik -Abdulla Qodiriy asarlari.
IIVning 2025-yil 24-martdagi 118-sonli farmoyishi asosida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida, IIV Surxondaryo akademik litseyi Axborot kutubxona markazida yozuvchi,jadid adabiyotining yirik namoyondalaridan biri — A.Qodiriyning tavallud kuniga bag‘ishlangan kitobxonlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Axborot kutubxona markazi xodimlari, ona
tili va adabiyot fan o‘qituvchilari litsey o‘quvchilari ishtirokida “O‘tkan kunlar”,
“Mehrobdan chayon”, “Juvonboz”, “Obid ketmon”, “Uloqda” va “Kalvak Maxzumning xotira
daftaridan” asarlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari chuqur tahlil qilindi.
Bahs davomida yosh kitobxonlar o‘zbek jadid adabiyotining
jamiyatdagi islohotlarga ta’siri, Abdulla Qodiriyning ziyolilar to‘g‘risidagi qarashlari
haqida fikr almashdilar.
Bunday kitobxonlik tadbirlar nafaqat adib ijodini chuqurroq anglashga, balki o‘quvchilar ongida tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga nisbatan ehtirom hissini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.