30 Oktyabr 2024 yil 224

Kitob - ma’rifat chirog‘i

Kuni kecha IIV Surxondaryo akademik litseyining birinchi bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Kitobxonlik” bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

IIV Surxondaryo akademik litseyi kutubxonasida litseyning adabiyot fani o‘qituvchilari hamda kutubxona xodimlari hamkorligida o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan davra suhbati kitobxonlik muhitini yaratish, kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish maqsadiga qaratildi.

Suhbat davomida tadbir tashkilotchilari tomonidan kitob mutolaasining insonni ma’naviy kamolot sari yetaklashi, o‘quvchini har tomonlama yetuk, komil shaxs sifatida shakllanishidagi o‘rni nihoyatda beqiyos ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, ma’naviy yetuklik, vatanparvarlik, ta’lim-tarbiya kabi masalalar haqida muhokamalar bo‘ldi hamda qimmatli ma’lumotlar berildi.

Text to speech