Kirakashlar omonatga hiyonat qilishdi, natijada...
Jarqo‘rg‘on tumanida 2022 yil 16 iyul kuni, tumanning “Quldovli” mahallasida yashovchi, Yu.Dilshod (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 3 iyun kuni “Jarqo‘rg‘on-Denov” yo‘nalishdagi bekatda, Lasetti rusumli avtomashina haydovchisi Denov tumanida yashovchi, Yu.Kamol va Yu.Jamolga 9 200 000 (to‘qqiz million ikki yuz ming) so‘m pullarini Sho‘rchi tumanidagi “Iskandar” ismli shaxsga olib borib berishini aytib berib yuborgan. Yu.Kamol va Yu.Jamollar ushbu pullarni aytilgan manzilga olib bormasdan o‘zining ehtiyojiga ishlatib yuborganligini bildirgan. 27 iyul kuni Yu.Kamol va Yu.Jamollarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati