"Kirakash" firibgar bo'lib chiqdi
Qumqo'rg'on tumanida 2020 yilning 25 iyun kuni tumanning "Halaki" mahallasida yashovchi S.I. tuman ichki ishlar bo'limiga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni taxminan soat 13.00 lar chamasida, tumanning "Xurriyat" mahallasida yashovchi R.J. tumanning "Oqsoy" mahallasi hududida joylashgan avtoshoxbekatga borib, pochta jo'natish uchun kelgan S.I.ga o'zini "Sho'rchi tumaniga qatnaydigan taksist" deb, tanishtirib S.I.dan 25 mln. (yigirma besh million) so'm pullarini olib, Sho'rchi tumaniga olib borib bermasdan ushbu pullarni o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini bildirgan. Mazkur holat yuzasidan 4 iyul kuni R.J.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati