Kinologiya bo‘linmasi xodimlari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchi yoshlar uchun ko‘rgazmali chiqish tashkil etildi.
Bugungi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida kinologiya xizmatining alohida o‘rni bor. Jinoyatlarni “issiq izi”dan fosh etishda hamda jamoat tartibini saqlashda ushbu soha xodimlari va xizmat itlarining samarali ish jarayonlariga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
14 yanvar- “Vatan
himoyachilari kuni” munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi
xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya bo‘linmasi xodimlari tomonidan
Angor tumanida joylashgan 1- va 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchi
yoshlar uchun ko‘rgazmali chiqish tashkil etildi.
Yoshlarni harbiy
vatanparvarlik hamda vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan
ushbu uchrashuvda, Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlarining xizmat itlarini namoyish
etib, ularning tayyorgarlik darajasi va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni
“issiq izi”da fosh etish imkoniyatlarini ko‘rsatishdi.
Ushbu o‘tkazilgan tadbirda ayniqsa o‘quvchi yoshlar kinolog xodimlarining xizmat itlariga mehri yanada ortib, o‘zlarinigg ham shu kabi aqlli jonivorlari bo‘lishi orzusi uyg‘onib, bu kasbga bo‘lgan qiziqishi uyg‘ondi.