17 Mart 2024 yil
614
Kiberjinoyatdan ogoh bo‘ling!!!
Surxondaryo viloyati IIB TQX
Kiberxavfsizlik bo‘limi hodimlari
tomonidan Termiz shahrida joylashgan Termiz davlat universitetining
Fizika-matematika fakultetida profilaktik tadbir o‘tkazildi. “Kiberjinoyatchilik
va ularning sodir etilishiga sabab bo‘layotgan asosiy omil va sharoitlar”
mavzusidagi tadbirda hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib qilinib,
sodir etilayotgan kiberjinoyatlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, feyk
havolalar, keng tarqalib borayotgan kiberjinoyatchilik turlari haqida
tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida shu kabi qonunbuzarliklar, firibgarlar
tuzog‘iga tushib qolmaslik yuzasidan tavsiyalar berildi.
Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini
qiziqtirgan savollariga javob olishdi