“Kibermadaniyatni yuksaltirish" mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 01 may kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Kibermadaniyatni yuksaltirish" mavzusi doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur targ‘ibot tadbirlari, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali rahbar xodimlari va talabalari o‘rtasida tashkil
etildi. Ushbu targ‘ibot tadbirlarida, Surxandaryo viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati
Kiberxavfsizlik bo‘limi mas’ullari o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etishib,
o‘z ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Targ‘ibot tadbiri davomida, hozirgi kunda sodir etilayotgan kiberjinoyat turlari,
sodir etish maqsadlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan soxta havolalar
va zararli ilovalar haqida ma’lumot berib, ushbu kiberjinoyat qurboni bo‘lmaslik
uchun tegishli tavsiyalar berildi.
Targ‘ibot tadbirida talaba yoshlar uchun maxsus videorolik namoyish etilib
kibr xujumlardan qanday himoyalanish borasida ma’sul xodimlar tomonidan kerakli ma’lumotlar olishdi.
Tadbir so‘ngida talaba yoshlarni qiziqtirgan savollarga kiberxavfsizlik soha vakillari tomonidan huquqiy oqibatlari hamda qonuniy javobgarliklari to‘g‘risida javoblar berildi.