17 Iyul 2024 yil
444
«Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi» doirasida Uzun tumanida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
Uzun tuman Ichki
ishlar bo‘limi hamda tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida
"Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi - Cyber month Surxandarya" doirasida
fuqarolarimiz kiberjinoyat qurboniga aylanib qolishining oldini olishga qaratilgan
targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbir davomida, hozirgi
kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa shu
kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida so‘z yuritilib, ushbu jinoyat
qurboniga aylanmaslik uchun amal qilishi va har xil aldovlarga ishonmasliklari tushuntirildi.