4 Aprel 2023 yil 311

Kiber jinoyat qurboni bo‘lib qolmang!- mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Jamiyat shiddat bilan taraqqiy etayotgan bugungi kunda har bir inson axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng foydalanmoqda. Xatto moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda ham internet do‘konlarining taklifi qulayligini e’tirof etadiganlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Ammo sir emas vertual olamda chuv tushayotganlar ham oz emas.

Tahliliy ma’lumotlarni Surxondaryo viloyati misolida keltiradigan bo‘lsak o‘tgan yili firibgarlar tomonidan plastik kartalardan 700 mln. so‘m mablag‘ni o‘zlashtirilgan bo‘lsa, joriy yilning shu davriga qadar 1,2 mlyard so‘m pullar talontaroj qilingan. Bu ko‘rsatgich esa aholining kiberxavfsizlikka oid ko‘nikmasini shakllantirish lozimligidan darak bermoqda.

Shu maqsadga yo‘naltirilgan targ‘ibot tadbiri viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi hamda  aloqador idoralar xodimlari bilan  hamkorlikda tashkil etildi. Unda Termiz shahrida faoliyat olib boruvchi korxona-tashkilotlarning rahbarlari, ularning axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga mas’ul vakillari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarining raislari, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

Mas’ullar tomonidan ta’kidlanganidek, Mamlakatimizda 30 mingga yaqin internet foydalanuvchilari borligini inobatga oladigan bo‘lsak, ularning orasida siz-u biz ham bor, bu ko‘rsatkich kiber jinoyatchilar uchun kattagina daromad auditoriyasi hisoblanadi.

Muloqotlarda ijtimoiy tarmoqlar internet do‘konlardan foydalanishda belgilangan tartib qoidalarga amal qilmaslik oqibatida firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolish hech gap emasligi, plastik karta pinkodi va parolini shuningdek sms xabarlar orqali yuboriladigan maxfiy kodlarni begona shaxslarga bermaslik kerakligi uqtirildi. 

Targ‘ibot tadbirlari viloyat IIBda ham tashkil etilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining  mas’ul xodimi  Vazirlik tizimida  Internetdagi tahdidlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan uch qatlamli kompleks  chora-tadbirlarining mazmun-mohiyati xususida batafsil ma’lumotlar berdi.

Ta’kidlanganidek kiber jinoyatchilar tomonidan o‘zlashtirilgan mablag‘larning qisman miqdorini qaytarishga erishilmoqda. Shu bois jinoyatni fosh etish javobgarlikni belgilashdek mashaqqatli yumushlarning oddiy yechimi ogoh va hushyor bo‘lish kerakligi alohida ta’kidlanib, bu turdagi jinoyat qurboni bo‘lib qolishning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini ko‘proq o‘tkazish lozimligi qayd etildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech