9 Iyul 2024 yil 410

Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi doirasida Uzun tumanidagi mahalla hududlarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida "Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi - Cyber month Surxandarya" doirasida ushbu jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib borilmoqda. 

Buning misoli sifatida, Uzun tumanining Nurafshon va Ulanko‘l mahallalarida Uzun tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Profilaktika inspektorlari va mobil guruh vakillari ishtirokida  aholi uchun ayni yo‘nalishda tushuntirish targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida, fuqarolar kiberjinoyat va uning turlari borasida ma’lumotlarga ega bo‘lishib, aldanib qolishlarining oldini olish to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Text to speech