6 Iyul 2024 yil
585
Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi doirasidagi targ‘ibot tadbirlari Qiziriq tumanida ham uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida "Kiber madaniyatni yuksaltirish
oyligi - Cyber month Surxandarya" doirasida ushbu jinoyatlarning oldini olish
bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari davlat tashkilotlari va idoralaridan tashqari
aholi gavjum joylarida ham tashkil etilmoqda.
Jumladan, tumanning "Oqjar” mahallasida hududida Qiziriq tuman Ichki
ishlar bo‘limi Jamoat xavsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi
Profilaktika inspektori va mobil guruh vakillari ishtirokida aholi uchun ayni
yo‘nalishda targ‘ibot-tashviqot tadbiri olib borilib, unda hozirgi kunda ijtimoiy
tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar
qurboniga aylanib qolayotganligi haqida so‘z yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga
aylanmaslik uchun amal qilishi va har xil aldovlarga ishonmasliklari tushuntirildi.
Targ‘ibot tadbiri
yakunida, targ‘ibot ishtirokchilari
o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.