12 Iyul 2024 yil 406

"Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi - Cyber month Surxandarya" targ‘ibot tadbiri viloyat Tibbiyot birlashmasida tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida "Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi - Cyber month Surxandarya" doirasida ushbu jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari  o‘tkazilishi davom etmoqda. 

Ushbu targ‘ibot tadbirinnig navbatdagisi viloyat tibbiyot birlashmasi binosida tashkil etilib, unda Termiz shahar prokurori o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i, viloyat tibbiyot birlashmasi mas’ullari, barcha tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab sodir etilayotgan firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida so‘z yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilishi va har xil aldovlarga ishonmasliklari tushuntirildi.

Text to speech