10 Iyul 2024 yil 503

“Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

“Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida viloyat ichki ishlar borshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan “Adib Sobir Termiziy” nomidagi Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur targ‘ibot tadbirlari davomida, fuqarolarning firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmasliklari, o‘z shaxsiy ma’lumotlari va bank plastik kartalarini begona shaxslarga va noma’lum akkountlarga ulashib, ushbu jinoyat turlaridan aziyat chekib aldanib qolmasliklari yuzasidan tegishli  tushunuchalar berilib, kiberjinoyat va uning turlari haqida kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi.

Text to speech