26 Mart 2021 yil 574

Kelishmovchilik janjalga aylandi

Sho'rchi tumanida 2021 yil 23 fevral kuni taxminan soat 22.30 lar chamasida, tumanning "Joyilma" mahallasida yashovchi, A.N. va tumanning "Bobur" mahallasida yashovchi, X.A.lar bir guruh bo'lishib, Sho'rchi tumani "Bobur" mahallasi hududida joylashgan avtomobillarga yoqilg'i quyish shahobchasi oldida, tumanning "Laylakxona" mahallasida yashovchi, H.Ch. bilan o'zaro kelishmovchilik oqibatida janjal qilib, X.Ch.ni qo'llari bilan bosh va yuz sohasiga urishib, "o'rtacha og'irlikda"gi shikastlar etkazishgan. 18 mart kuni A.N. va X.A.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi "i" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech