20 Noyabr 2024 yil 148

“KELAJAK SARI” tadbiri ishtirokchilari oliy ta’lim mussasalari bilan tanishtirildi

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “KELAJAK SARI” profilaktik tadbiri davom etmoqda.

 Tadbirning 16 va 17 kunlarida, tadbir ishtirokchilarining bilim ko‘nikmalarini oshirish va kelgusida o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish maqsadida Termiz shahridagi Termiz Davlat Universiteti, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali va Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseylariga sayyohatlar uyushtirildi.

Termiz Davlat Universitetida uyushtirilgan sayyohat davomida, u yerda tashkil etilgan Universitet tashkil etilishi bilan bog‘liq, tarixiy kichik muzey ham ko‘zdan kechirildi. Unversitetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori kapitan Allanazarova Saltanat tomonidan ta’lim muassasasidagi mavjud fakultetlar va yo‘nalishlar haqida voyaga yetmaganlarga ma’lumot berdi.

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filialida voyaga yetmaganlar “Akusherkalik” yo‘alishida talabalarning semenar mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi. Bundan tashqari Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyiga tashrif jarayonida o‘quvchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta’lim muassasasidagi “Vatanparvarlik burchagi” bilan tanishtirildi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarda oliy ta’lim muassasalariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada uyg‘otishiga sabab bo‘ldi.

“KELAJAK SARI” profilaktik tadbiri davom ettirilmoqda.

Text to speech