“KELAJAK SARI” tadbiri ishtirokchilarining dam olish kunlari mazmunli o‘tkazilmoqda.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “KELAJAK SARI” profilaktik tadbiri davom etmoqda.
Tadbirning 14 kuni,
dam olish kuni bo‘lganligi sababli kunning birinchi yarmida har-xil ob-havo sharoitlarida
voyaga yetmaganlarning chidamliligini oshirish, ularni sog‘lom turmush tarziga amal
qilishlarini o‘rgatish maqsadida, Termiz shahridagi sport maktabiga tegishli bo‘lgan
“DELFIN” suzish xavzasiga tashrif buyurilib,
murabbiylar tomonidan suzish usullari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkillashtirildi.
Kunning ikkinchi yarmida, tadbir ishtirokchilarining dam
olish kunlarini mazmunli o‘tkazish, yurtimizdagi tarixiy obidalar, viloyatimizdagi
ma’daniy meros bo‘lgan obektlar bilan yaqindan tanishtirsh maqsadida ziyoratlar
uyushtirildi.
Tadbirning 15 kunida tadbir ishtirokchilari va markaz
tarbiyalanuvchilarida chet tillariga bo‘lgan qiziqishlarini, kasbga bo‘lgan qiziqishlarini
uyg‘otish maqsadida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasiga
sayohat uyushtirildi, unda boshqarmadagi yurtimizga kelayotgan sayyoxlarni kutib
olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning xavfsizligini ta’minlash bilan
bog‘liq chora-tadbirlar, texnikalar bilan yaqindan tanishtirildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarda turizm sohasidagi tarjimon-git, turizm politsiyasi, menejmen kabi
kasblarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada uyg‘otishiga sabab bo‘ldi.
“KELAJAK SARI”
profilaktik tadbiri davom ettirilmoqda.