16 Noyabr 2024 yil 490

"Kelajak sari" tadbiri ishtirokchilariga ko‘chma Ekspert labaratoriyasi bilan tanishtirildi.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “KELAJAK SARI” profilaktik tadbirlari davom etmoqda. Tadbirning 13 kunida ishtirokchilari va markazdagi boshqa tarbiyalanuvchilarni “Vatanparvarlik” ruhida tarbiyalash, ularning ichki ishlar kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining “Ekpert kriminalistika” bo‘limi xodimlari markazga tashrif buyurishib, bo‘limning ko‘chma EKSPERT LABARATORIYaSI bilan voyaga yetmaganlarni yaqindan tanishtirishdi. Labarotoriya mavjud texnikalar,  voqea joyiga chiqgandagi o‘rab olish, dron uchirish, qurol-yaroq va o‘q dori ekpertizasi haqidagi ma’lumotlar yoshlarda juda katta qiziqishlar uyg‘otdi.

Bu kabi ko‘rgazmali namoyishlarni o‘tkazilishidan asosiy maqsad, voyaga yetmaganlarda kelgusi hayotda ichki ishlar sohasini egallashlarida va sohaning imidjini oshirishda, Ekspert-ekriminalistika yo‘nalishidagi yangi inavatsion texnalogiyalarini, jihozlari va asbob-uskunalar bilan tanishtirishdan iboratdir.

 “KELAJAK SARI” profilaktik tadbiri davom ettirilmoqda.

Text to speech