13 Noyabr 2024 yil 403

"Kelajak sari" tadbiri ishtirokchilari birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bellashishdi

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kelajak sari” profilaktik tadbirining 11-kunida tadbir ishtirokchilari o‘rtasida “Dala sharoitida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish” bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Unda oyoq va qo‘l a’zolari shikastlanganda, qon ketishda qonni to‘xtatish, sun’iy nafas berish, qon bosimini o‘lchash kabi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish boo‘yicha shartlarda o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Ishtirokchilarga markaz hamshirasi va Termiz shahar 4-son oilaviy poliklinikasi shifokorlari tomonidan tibbiyot bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha tavsiyalar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

 

Bu kabi tanlovlar qizlarimizning kelgusidagi oilaviy hayotga tayyorlashda va turli xildagi ko‘ngilsiz holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmasini shakllantirishda asqotadi.

 

Tadbirning 12 kunida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi binosida tadbir ishtirokchilarida vatanparvarlik ruhini oshirish maqsadida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi. U yerda mavjud texnikalar, qurol-yarog‘lar, xodimlarning ish faoliyati, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.

Text to speech