“KELAJAK SARI” profilatik tadbiri 1 mavsum yig‘ini o‘z yakuniga yetdi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “KELAJAK SARI” profilaktik tadbiri o‘z yakuniga yetdi.
Tadbirning yakuniy
qismida ishtirokchilarga va markaz tarbyachilanuvchilariga
homiylar hisobidan bayramona dasturxon yozildi, Termiz shahar ma’daniyat uyi san’atkorlari
tomonidan bayram dasturi uyushtirildi.
Tadbirda, Termiz
shahar yoshlar ishlari agentligi bo‘limi boshlig‘i F.Xalmuratov, “Ayollar realibitatsiya
qilish va moslashtirish markazi” rahbari M.Hafizova, Termiz shahar Milliy gvardiya
inspektor-psixologlari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
boshlig‘i M.Tag‘oev va xodimlari, viloyat prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqida
qonunchilik ijrosi ustidan nazorat guruhi yordamchisi U.M.Ergashev, viloyat IIB JXX HPB boshlig‘i o‘rinbosarlari O‘.Eshimova
va F.Qurbonovlar so‘zga chiqishib, tadbir
qatnashchilarini kelgusidagi ishlariga zafarlar yor bo‘lishini tilab, qimmat baho
sovg‘alar ulashdilar, bundan tashqari bir oy davomida o‘tkazilgan tadbirda qizlar
Angor tumanida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazida o‘qib-o‘rgangan kasb-hunarlari
yuzasidan tadbir so‘ngida maxsus SERTIFIKATlar bilan taqdirlanishdilar.
Tadbirda bir qancha ishlar amalga oshirildi, jumladan ijtimoiy xavf ostida bo‘lgan oilalarda yashab
kelayotgan yoshlarning oilasini o‘rganilib markazga joylashtirildi, yashash joylarida
va tahsil olayotgan ta’lim muassasalarida aniqlangan huquqbuzarliklarga imkon yaratuvchi
omillarni bartaraf etish choralari ko‘rildi, kasbga bo‘lgan qiziqishlariga ko‘ra
kasb-hunarga yo‘naltirilib, “Vatanparvarlik” hissini shakallantirish va kelajak
hayotga ijtimoiy moslashtirish yuzasidan chora-tadbirlarini amalga oshirildi, voyaga
yetmagan balalarning ota-onasi va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning bandligi
ta’minlanishida amaliy yordam berildi, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy va
psixologik yordam ko‘rsatildi, hulq-atvorida ijobiy tomondan o‘zgarishlar bo‘lganlari
profilaktik ro‘yxatdan chiqarish choralarini
ko‘rildi.Kelgusida qo‘shimcha tashkil etilishi lozim bo‘lgan ishlar “Yo‘l xaritasi”
tuzib olindi.
“KELAJAK SARI” profilaktik tadbiri o‘z yakuniga yetkazildi.