“Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati IIB faxriy ustozlari uchun Qashqadaryo viloyatiga sayohat tashkil etildi.
Tarixga nazar solmasdan, kelajakka boqib bo‘lmaydi. Binobarin, insonni inson etib tarbiyalashda eng yaxshi vosita bu- “tarix”- deb bejizga aytilmagan. Keksa va nuroniylarimizni esa tirik tarixga qiyos etamiz. Chunki ular ulug‘ yoshni yashab, hayot yo‘lidagi murakkab to‘siqlarni yengib o‘tish sir-asrorlarini puxta o‘zlashtirgan, yuksak bilim va tajribaga ega murabbiylardir.
Vazirlar Mahkamasining “Keksalarni
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha
chora-tabdirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-maydagi qarori va Ichki ishlar vazirligining
joriy yil 31-oktabrdagi ko‘rsatmasiga asosan, ichki ishlar organlarida joriy yilning
1-noyabrdan 30-noyabr kuniga qadar “Keksalar uchun turizm oyligi” deb e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan, viloyat
ichki ishlar xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda, joriy yilning
07 noyabr kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarining bir guruh faxriylari
uchun Qashqadaryo viloyatiga turistik sayohat tashkil etildi.
Tashkil etilgan sayohatda faxriylar
Qashqadaryo viloyatining Shaxrisabz shahrida joylashgan “Oqsaroy” me’moriy yodgorlik
majmuasiga tashrif buyurishdi.
Sayohat davomida, ishtirokchilarga
majmua to‘g‘risida soha mutaxassislari tomonidan ma’lumotlar berilib, ishtirokchilar
o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Albatta bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda tashkillashtirib borish, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.