9 Oktyabr 2025 yil 112

“Keksalar haftaligi” doirasida Surxondaryo viloyati IIB tomonidan faxriy ustozlar uchun sayohat tashkil etildi.

Vazirlar mahkamasining 2019 yil 27 sentabrdagi 816-son qarori hamda IIVning joriy yil 24-sentabrdagi tegishli farmoyishiga asosan oktabr oyining ilk haftasi ichki ishlar organlarida “Keksalar haftaligi” deb e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 9 oktabr kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarining bir guruh faxriylari uchun “Ichki turizm” doirasida sayohat tashkil etildi.

Tashkil etilgan sayohatda soha faxriylari viloyatimizning tarixiy obidalari jumladan; Termiz tumanida joylashgan “Al-Hakim At-Termiziy” ziyoratgohlariga hamda “Termiz arxeologiya” muzeyiga tashrif buyurishdi.

Sayohat davomida viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan soha faxriylariga tashrif buyurishgan manzillar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida bu kabi tadbirlar haftalik doirasida muntazam ravishda tashkil etib borilmoqda.

Text to speech