“Keksalar haftaligi” doirasida, IIV Surxondaryo Akademik litseyida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentabr kunidagi qarori hamda IIVning joriy yil
24 sentabr kunidagi tegishli farmoyishiga asosan oktabr oyining ilk haftasi ichki
ishlar organlarida “Keksalar haftaligi” deb e’lon qilinganligi, shuningdek, ichki
ishlar organlariga yangi qabul qilingan yosh xodimlarni tizimga moslashishida hamda
ichki ularda harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini, ma’naviy saviyasini va intellektual
salohiyatini yuksaltirishni ta’minlash, qolaversa, mamlakatimizning qadimiy va boy
madaniyati, azaliy qadriyatlari, udumlari va an’analariga asoslangan keng dunyoqarashni
shakllantirish, ichki ishlar organlari xodimlari ongiga Vatan himoyasi har bir fuqaroning
sharafli va muqaddas burchi ekanini, davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlash
uchun mas’uliyat tuyg‘usini yanada chuqur singdirish maqsadida joriy yilning 09
oktabr kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, yosh xodimlar,
tizimda uzoq yillar samarali xizmat qilib, xozirda nafaqa gashtini surayotgan Faxriylar
hamda Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo Akademik litseyi o‘quvchilari bilan “Uch
avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuvda,
dastlab Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Shadiev
Sherzod Fayzullaevich so‘zga chiqib, jonajon O‘zbekistonimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik,
millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik muhitini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash,
bunday bebaho ne’matni qadriga yetish, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida bir
mushtga jipslashib, davlatimiz rahbariga tayanch va suyanch bo‘lib xizmat qilish,
kelgusi avlodlarni shu ruhda kamol toptirish muqaddas burch ekanligini ta’kidlab
o‘tdi.
Shundan so‘ng,
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi iste’fodagi podpolkovnik
Sharafutdinov Akram Himoytidinovich so‘zga chiqib, o‘zining uzoq va mashaqqatli
xizmat yillari haqida tadbir ishtirokchilariga so‘zlab berdi va bugungi kunda yurtimizda
yoshlarga shu qatori faxriylarga ham hukumatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlarni
alohida etirof etib, albatta bu kabi IIO xodimlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlardan
oqilona foydalanish kerakligini, shuningdek faxriylar yosh xodimlar uchun doimiy
ravishda mas’ul ekanliklarini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv davomimda,
o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tmonidan
kerakli javoblar olishdi.
Uchrashuv so‘ngida
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘zlarining munosib xissasini qo‘shib
kelayotgan bir guruh faxriylar hamda o‘quv davri mobaynida tengdoshlariga o‘rnak
bo‘lib kelayotgan o‘quvchi yoshlar boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari va
kitoblar to‘plami bilan taqdirlandilar.
Albatta bu kabi uchrashuvlarnimuntazam
ravishda tashkil etib borish, muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek, Yangi O‘zbekistonda
“Yangi ichki ishlar organlari xodimlari” uchun yangi tashabbuslar, g‘oyalarni yaratilishiga
turtki bo‘ladi. Ular esa shubhasiz, real hayotiy natijalarga aylanib, yurtimiz taraqqiyotini
baland cho‘qqilariga olib chiqishga xizmat qiladi.