“Keksalar haftaligi” doirasida Surxondaryo viloyati IIB tomonidan faxriy ustozlar uchun sayohat tashkil etildi.
Tarixga
nazar solmasdan, kelajakka boqib bo‘lmaydi. Binobarin, insonni inson etib tarbiyalashda
eng yaxshi vosita bu- “tarix”- deb bejizga aytilmagan. Keksa va nuroniylarimizni
esa tirik tarixga qiyos etamiz. Chunki ular ulug‘ yoshni yashab, hayot yo‘lidagi
murakkab to‘siqlarni yengib o‘tish sir-asrorlarini puxta o‘zlashtirgan, yuksak bilim
va tajribaga ega murabbiylardir.
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentabrdagi qarori hamda IIVning
joriy yil 24 sentabrdagi tegishli farmoyishiga asosan oktabr oyining ilk haftasi
ichki ishlar organlarida “Keksalar haftaligi” deb e’lon qilindi.
Shu
munosabat bilan joriy yilning 8 oktabr kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarining
bir guruh faxriylari uchun “Ichki turizm” sayohati tashkil etildi.
Tashkil
etilgan sayohatda faxriylar viloyatimizning tarixiy obidalari jumladan; Sherobod
tumanida joylashgan “Iso-Termiziy”, Termiz tumanida joylashgan “Al-Hakim At-Termiziy”
ziyoratgohlariga hamda “Fayoztepa” tarixiy obidasiga tashrif buyurishdi.
Sayohat
yakunida faxriylar “Al-Hakim At-Termiziy” maqbarasida joylashgan muzeyga ham tashrif
buyurishib, bu yerda faxriylar soha mutaxassislari tomonidan muzeyda mavjud eksponatlar
to‘g‘risida ma’lumot olishdi.
Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida bu
kabi tadbirlar haftalik doirasida muntazam ravishda tashkil etib borilmoqda.