Kechirimlilik - xalqimizga xos fazilat
Adashganni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, kechirimlilik xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan. Ayniqsa, bilib-bilmay, ehtiyotsizlik ortidan sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarni kechirish, ularda erkin hayotga ko‘nikma hosil qilishi uchun mamlakatimizda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Denov tumanida JIB Denov tumani sudi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sudda tuman IIB Probatsiya hisobida turgan jazo muddatini o‘tayotgan 37 nafar mahkumning o‘talmay qolgan jazosi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilinishi ana shunday xayrli ishlarning davomi bo‘ldi.
Bu orqali hukumatimiz tomonidan g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgan mahkumlar jamiyatning sog‘lom muhitiga qaytib, oilasi bag‘rida munosib hayot kechirishi uchun berilgan bu imkoniyatdan unumli foydalanishlariga ishonch bildirildi.
Shuningdek, Denov tumani IIB Probatsiya guruhi hisobida jazo muddatini o‘tayotgan ishsiz mahkumlarni ish bilan taminlash maqsadida Mehnat yarmarkasi o‘tkazilib, ularning 3 nafari ishga joylashtirildi va 2 nafariga kasbga o‘qitish uchun yo‘llanma berildi.