Kech va noto‘g‘ri ovqatlanishning inson organizmiga salbiy ta’siri
Mutaxassislar diabet, semizlik, gipertoniya va ovqat iste’mol qilish vaqtlari bilan bog‘liqlikni o‘rganib chiqishga qaror qilishdi.
Eksperiment natijalari 12,7 mingdan ortiq 18-76 yoshdagi latinoamerikaliklar tibbiy tadqiqot ma’lumotlarga asoslanadi. Shifokorlar ikki kun davomida inson sog‘ligi va taom yeyish vaqtiga doir ma’lumotlarini solishtirishdi.
Tadqiqotchilar 18-00 dan keyin ovqat iste’mol qilganlarda qon tarkibida shakar va insulin tarkibi yuqori darajada bo‘lishi va yuqori bosim bo‘lishini aniqlashdi. 18-00 gacha iste’mol qiladigan insonlarda bu ko‘rsatkich nisbatan kam bo‘ladi.
Kechki ovqatlanishni xush ko‘radiganlarning 19 foizi preddiabet rivojlanishi va 23 foiz gipertoniya kasalligi rivojlanishi ehtimoli ko‘proq.
Tadqiqot yetakchi muallifi Nur Makaremning so‘zlariga ko‘ra, bu holat noto‘g‘ri hayot kechirishi oqibatida inson biologik ritmlarini buzilishi, bu o‘z navbatida inson modda almashinuvi va surunkali kasalliklar xavfini oshiradi.
Eslatib o‘tamiz avvalroq ekspertlar kech payt ovqatlanish, ayniqsa uyqudan oldin surankali kasalliklarni rivojlanishi, semizlik va saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkinligini ma’lum qilishgandi.
Nima uchun doimiy ravishda to‘g‘ri ovqatlanish muhim?
To‘g‘ri ovqatlanishni uzoq muddatli sarmoyaga qiyoslash mumkin. Agar bugun chipslar o‘rniga sabzavotli salat iste’mol qilsangiz, ertaga o‘zingizni his qilish borasida katta o‘zgarishlar bo‘lmasligi mumkin. Biroq bunga har doim amal qilinsa, salomatlik yaxshilanadi.
Vazn normallashadi
Ortiqcha vazn turli kasalliklar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Patologiya yuzaga kelish xavfini aniqlashda oddiy santimetr lentasi yordamga keladi. Unda bel aylanasini o‘lchash kerak: normada ayollar uchun u 80 sm.dan ortiq, erkaklar uchun esa 94 sm.dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Agar bel aylanasi ayollarda 88 sm.dan va erkaklarda 102 sm.dan ortiq bo‘lsa, yurak qon-tomir kasalliklaridan erta o‘lim, uglevod almashinuvi buzilishi va saratonning ayrim turlari xavfi ortishi aniq.
Ratsionda tarkibida yog‘, shakar va tuz ko‘p bo‘lgan, shuningdek, energetik qiymati yuqori mahsulotlar ko‘p bo‘lsa, ortiqcha vazn paydo bo‘lishi mumkin.
Oshqozon-ichak trakti faoliyati yaxshilanadi
Muvozanatlashgan ovqatlanish ko‘katlarni ko‘p miqdorda iste’mol qilishni ko‘zda tutadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kuniga 400 grammdan kam bo‘lmagan miqdorda meva va sabzavot iste’mol qilishni maslahat beradi. Bu taxminan besh porsiya degani. Bu tavsiyaga amal qilish uchun deyarli har ovqatlanganda meva va sabzavot iste’mol qilish zarur.
Ko‘plab o‘simliklar tarkibidagi kletchatka ovqat hazm bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Undagi tolalar oshqozonda hazm bo‘lmaydi, yo‘g‘on ichakka kelib tushadi va foydali bakteriyalar uchun ovqatga aylanadi. Kletchatka moddalar almashinuvini yaxshilash va ich qotish yuzaga kelishi oldini olishda yordam beradi. Bundan tashqari, oshqozon ichak traktiga sut-qatiq mahsulotlari ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar sizda laktoza yetishmovchiligi bo‘lmasa, ushbu mahsulotlarni ham ratsionga kiritish zarur.
Surunkali kasalliklar rivojlanishi xavfi kamayadi
Shifokorlar fikricha, yog‘li va va shirin mahsulotlarni sevib iste’mol qilish qandli diabet va yurak qon-tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini oshiradi. Tana massasi ortishi va semizlikka uchragan kishilar ovqatlanish va vaznini nazorat qiluvchilarga qaraganda ko‘proq kasal bo‘lishadi.
Bundan tashqari, noto‘g‘ri ovqatlanish va onkologiya o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Shakar miqdori yuqori bo‘lgan ratsion jigar, buyrak, oshqozon osti bezi va qalqonsimon bez, yo‘g‘on ichak, o‘t pufagi va boshqa organlar saratoni rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Nasliy omillar hisobga olinmasa, sog‘lom ratsionga amal qiladigan kishida og‘ziga tushganni yeydigan odamga qaraganda ushbu kasalliklar ehtimoli kamroq.
To‘g‘ri ovqatlanish uchun nima qilish kerak?
Sog‘lom ovqatlanish atrofida bir-biriga zid keluvchi fikrlar juda ko‘p. Biroq ularni ajratib olish mumkin. Mana bu universal qoidalar sog‘lom va muvozanatlashgan ratsion tuzishda sizga yordam beradi.
Ovqat sifati va uning tarkibini hisobga oling
O‘ramlarni o‘qish – foydali ko‘nikma. Ko‘pincha «eko», «bio», «tabiiy» so‘zlari ortida oddiy marketing yashiringan bo‘ladi. Mahsulotlarni kassaga olib borishdan avval ularning tarkibini diqqat bilan o‘qing. Uning tarkibidagi mahsulotlar o‘lchami kamayib borish tartibida ko‘rsatilgan. Go‘sht konservalarida go‘sht, nonda un, sut mahsulotlarida sut birinchi o‘rinda turishi kerak.
Qo‘shimchalarga ham e’tibor bering. Ko‘pincha o‘ram ichida nafaqat toza ingridientlar, balki iste’moli cheklanishi lozim bo‘lgan moddalarni ham uchratish mumkin. Masalan, boshoqli dondan tayyorlangan batoncha shirinligi sog‘lom yegulik sifatida ko‘rsatiladi, aslida esa unday emas. Uning tarkibida shakar, konsentratsiya qilingan sirop, palma yog‘i albatta bo‘ladi. Shirin yogurt, tayyor nonushta va boshqa «foydali» mahsulotlarda ham xuddi shu holat takrorlanadi.
O‘zingiz tayyorlang
To‘g‘ri, ovqatlanish borasida intizomga amal qilish har doim ham oson kechmaydi. Och qolgan odamning oyoqlari uni fri kartoshkasi tomon yetaklaydi. Biroq likopchangizga tushayotgan mahsulotlarning sifatiga 100 foiz ishonch hosil qilish yo‘li bitta: buning uchun taomni o‘zingiz tayyorlashingiz zarur.
Bundan tashqari, uyda ovqat tayyorlash tarkibida nosog‘lom qo‘shimchalar bo‘lgan sevimli taomlardan voz kechmaslik imkonini beradi. Masalan, salatlardagi mayonez o‘rniga yogurt-hantalli qayla, kolbasa o‘rniga pishirilgan tovuq, margarin o‘rniga esa o‘simlik yog‘i yoki sariyog‘ ishlatish mumkin.
Qayta ko‘rib chiqish uchun bir sababdir.