28 Aprel 2021 yil
479
Kattabog'lik bezoriga jinoiy ish ochildi
Termiz shahrida 2021 yilning 7 mart kuni taxminan soat 12.30 lar chamasida, shaharning "Kattabog'" mahallasi hududida qurilayotgan "Erkin sanoat zonasi" qurilish ob'ektida, shu mahallada yashovchi, S.F. jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan Termiz tumani "Uchqizil" mahallasida yashovchi, S.J.ni qo'lidagi shisha bo'lagi bilan duch kelgan joyiga urib, "engil" tan jarohati etkazgan. Mazkur holat yuzasidan S.F.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati