Kasbiy tayyorgarlik oyligi doirasida zakovatchilar saralandi!
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 31 mart kunidagi “Ichki ishlar organlari tizimida “Zakovat” intellektual o‘yinlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘i hamda 2022 yil 7 sentabrdagi Ichki ishlar organlari tizimida “Kasbiy tayyorgarlik oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 17 sentabr kuni Surxondaryo viloyati Matbuot uyi binosida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi.
Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi, shahar, tuman ichki ishlar organlari xodimlari hamda Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo Akademik litseyidan tuzilgan jami 19 ta jamoa ishtirok etib, mazkur jamoalar ishtirokidagi bahslar murosasiz bellashuvlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvlar natijasiga ko‘ra faxrli 3-o‘rinni Termiz tumani IIB jamoasi, faxrli 2-o‘rinni Sariosiyo tumani IIB jamoasi hamda 1-o‘rinni Angor tumani IIB jamoasi qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari boshqarma boshlig‘ining diplom, qimmatbaho esdalik sovg‘alari hamda kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.
Bu kabi intellektual o‘yinlarning tashkil etilishi ichki ishlar organlari xodimlarining bilim va salohiyatini intellektual qobilyati shuningdek hozirjavobligini oshirishga xizmat qilishi bilan birga xodimlarning o‘z ustida ishlashlari, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini hamda ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.