15 Sentyabr 2022 yil 248

“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida tergovchilar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 7 sentabr kunidagi “Ichki ishlar organlari tizimida kasbiy tayyorgarlik oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi tegishli Farmoyishiga asosan joriy yilning 14-sentabr kuni Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqa davomida tergov sohasi bilimdonlari o‘z bilimlarini shaxmat doskasida sinab ko‘rishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni boshqarma katta tergovchisi polkovnik Norqulova Nodira, 2-o‘rinni o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchi Aliboev Feruz hamda 3-o‘rinni boshqarma o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Sottarov Jumakeldilar egallashdi.

G‘oliblar boshqarma rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanishdi.

Text to speech