“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” davomida ortiqcha vazndan vos kechamiz
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 07 sentabr kunidagi tegishli farmoyishiga asosan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida IIV mas’ul xodimi podpolkovnik E.Umarov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Q.Batirov, boshqarma Tibbiyot bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik O.Ergashev hamda ishchi guruh tomonidan viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan ortiqcha vaznga ega bo‘lgan xodimlar bilan ishlash mexanizmini shakllantirishga qaratilgan o‘quv yig‘ini tashkil etildi.
Ushbu o‘quv yig‘inda ortiqcha vaznga ega bo‘lgan xodimlarning jangovar va jismoniy tayyorgarligini muntazam oshirib borish, jismoniy chiniqtirish orqali ularning holatini yaxshilash borasidagi vazifalarni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek ortiqcha vaznga ega bo‘lgan xodimlarning vaznini kamaytirish bo‘yicha tibbiyot bo‘limi mutaxassis xodimlari tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi, semizlik asoratlari ” mavzusida ma’ruzalar tashkil etilib, videoroliklar namoyish etildi. Tadbir davomida vazirlik rahbariyatining topshiriqlari xodimlarga yana bir bor tushuntirib o‘tildi.