Kasalxonada sodir etilgan o'g'irlik
Muzrabot tumanida 2021 yilning 30 mart kuni, tumanning "Mehnatobod" mahallasida yashovchi, M.Iqbol ismli ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 28 mart kuni, tumanning "shaffof" mahallasida joylashgan tuman kasalxonasining "tug'ruqxona" bo'limida stasionar sharoitda davolanayotgan vaqtida, sumkasida turgan jami 3.150.000 (uch million bir yuz ellik ming) so'mlik 1 dona ayollar tillo uzugi va 1 juft tillo sirg'asini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni shu tumanda yashovchi, T.Sayyora ismli ayol sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 8 aprel kuni o'z qilmishining huquqiy oqibatini anglab etmagan T.Sayyoraga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati