Karantinga olingan xonadonlar o'rganildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvar kunidagi PF-5537-sonli va 19 mart kunidagi PF-5969-son farmoyishlari hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 mart kunidagi 176-sonli qarorida O'zbekiston Respublikasida koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda huquqtartibot organlari, tegishli davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda dunyo bo'ylab insoniyat boshiga xavf solayotgan COVID 19 koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida, bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Qumqo'rg'on tumani hududida, uy sharoitida karantinda saqlanayotgan fuqarolarni yashash tarzi va sharoitlari Qumqo'rg'on tumani ichki ishlar bo'limi boshlig'i O'.Shukurov tomonidan o'rganilib, xonadon egalariga karantin qoidalariga qat'iy amal qilishlari borasida tushuntirish ishlarini olib bordi.
Karantinga olingan xonadonni tun-u kun qo'riqqa olib, xizmatda turgan har bir xodimlar ogohlantirilib, karantin qoidalariga qattiq rioya qilishlari bo'yicha tegishli yo'riqnomalar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati