9 Aprel 2020 yil 770

Karantin: targ'ibotga yo'g'rilgan hayriya ishlari davom etmoqda

Denov tumani bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i podpolkovnik I.Yusupov tashabbusi bilan tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmai mas'ul xodimlari tomonidan, tumandagi "Muqumiy", "Qizilgul", "Obod turmush", "Yangiariq", "Xo'jaxalqi", "Lochin", "Yoshlik", "Mingbuloq", "Zarafshon", "Yangikuch", "qo'zichoqli", "Surnaytepa", "Surxon", "Navnixol", "Qorabog'tepa" hamda "ozod" mahallalarida yashovchi kam taminlangan, nogiron, boquvchisini yuqotgan oilalarga ro'zg'or uchun kekrakli bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Shuningdek, tashrif qilingan har bir xonadon egalariga mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi va unga qarshi kurashish, bu kasallikning oldini olish maqsadida, e'lon qilingan karantin qoidalariga va belgilangan cheklovlarga qat'iy rioya etishlari hamda jamoat joylarida niqoblarni taqib yurishlari, maqsadsiz uyidan chiqmasliklari borasidagi tushuntirish ishlari olib borildi.
Targ'ibotga yo'g'rilgan hayriya ishlari davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech