15 Iyul 2024 yil 487

Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi tomonidan aholi iste’mol mahsulotlarining sifati ko‘zdan kechirilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saыlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari va Surxondaryo viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda viloyat hududidagi "Dexqon bozorlari"da aholiga sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini sotilishini oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

O‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlarda aholi ko‘p iste’mol qiladigan, sut va go‘sht mahsulotlari, tuxum, baliq, poliz hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, iste’molga yaroqliligi darajalari bo‘yicha tegishli hujjatlari ko‘zdan kechirilib, sifatsiz mahsulotlar savdosining oldini olish yuzasidan targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi.

Text to speech