10 Aprel 2020 yil 773

karantin: Surxondaryoda kuchaytirilgan reydlar davom etmoqda...

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvar kunidagi PF-5537-sonli va 19 mart kunidagi PF-5969-son farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 mart kunidagi 176-sonli qarorida O'zbekiston Respublikasida koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda huquqtartibot organlari, tegishli davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda dunyo bo'ylab insoniyat boshiga xavf solayotgan COVID 19 koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida, maxsus reyd tadbirlari o'tkazilib kelinmoqda.
Karantin davrida fuqarolarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish maqsadida, 2020 yilning 6 aprel holatiga Surxondaryo viloyatida jami 1233 ta ko'ngilochar ob'ekt, shu jumladan mavjud 669 ta oshxona, 132 ta mini futbol maydoni, 113 ta to'yxona, 94 ta kompyuter o'yinlari markazi, 62 ta hammom va sauna, 48 ta restoran (uyga eltib berish xizmati bundan mustasno), 40 ta kafe, 38 ta fitnes-markaz va mashg'ulot zallari, 25 ta chilim (kalyan) markazi, 12 ta massaj salon xizmatini ko'rsatuvchi tadbirkorlik faoliyati vaqtincha to'xtatilgan.
Shuningdek, 2020 yil 7 aprel kuni davomida Termiz shahrida o'tkazilayotgan reydlarda karantin qoidalarini buzilishi holatlari bo'yicha, ayni vaqtgacha, karantin qoidasini buzib, maxsus ruxsatnomasiz yurgan 59 ta transport vositasi haydovchilariga nisbatan jarimalar qo'llanilib, 36 ta avtotransport vositalari jarima maydonchalariga yopildi.
Termiz shahri ko'chalarida maqsadsiz yurgan 80 ta velosiped (bir kunda 41ta) hamda 2 ta skuterlar jarima maydonchasiga kiritildi.
Karantin qoidalari buzilishining oldini olishga qaratilgan maxsus reyd tadbirlari huquqtartibot organlari hamda tegishli davlat tashkilotlari xodimlari bilan hamkorlikda viloyat bo'ylab davom ettirilmoqda.
Shuning uchun aziz fuqarolarimizdan karantin qoidalariga qat'iy rioya etib, uyda qolishlarini iltimos qilib qolar edik!
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech