9 Aprel 2020 yil 772

KARANTIN QOIDALARINI BUZGAN HAYDOVCHILARGA NISBATAN CHORALAR KO'RILMOQDA.

2020 yil 02 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB YHXB xodimlari, Milliy gvardiya va DSENM mas'ul xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi nazorat tadbiri bo'lib o'tdi.
Nazorat tadbiri davomida tegishli ruxsatnomaga ega bo'lmasdan turib, karantin qonun qoidalarini buzib yurgan haydovchilarga nisbatan qonuniy tartibda ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Nazorat tadbirlari davomida 14 nafar qoidabuzar haydovchilarga nisbatan o'rnatilgan tartibda ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Kuzatuvlarimiz shuni ko'rsatmoqdaki, fuqarolarimiz orasida karantin tadbirining mazmun mohiyatini tushunib etmasdan ko'chada maqsadsiz harakatlanib yurganlari ham uchrab turibti.
HURMATLI VATANDOSHLAR UNUTMANG, SIZ UCHUN BIZ TUN-U KUN XIZMATDAMIZ, SIZLAR BIZ UCHUN UYDA QOLING.

Text to speech