27 Iyun 2020 yil 771

Karantin qoidalariga qat'iy amal qilish lozimligi ta'kidlandi

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish borasida Qumqo'rg'on tumanida favqulotda yig'ilish tashkil etildi. Unda tuman hokimi va sektor rahbarlari, tumandagi barcha tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Kun tartibiga muvofiq, pandemiyaga qarshi kurashish borasida zaruriy choralarni kuchaytirish, karantin talablariga qat'iy rioya qilish, dezinfektsiya ishlarini muntazam ravishda majburiy tartibda amalga oshirish, tashkilotlarga kirish, jamoat joylarida dezinfektsiya tunellarini o'rnatish, oraliq masofani saqlash, tibbiy va sanitar barqarorlikni, jamoat salomatligini ta'minlash, kasalliklar profilaktikasi va sog'lom turmush tarzini tashkil etish uchun barcha zarur choralar ko'rilishiga alohida e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlandi.
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta'minlash, koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olishda mutasaddi tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini tashkil etish, fuqarolarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish borasida sektor rahbarlarining bayonotlari tinglandi.
Har bir karantin talablarini buzgan shaxslarga qonunda belgilangan tartibda choralar ko'rish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech