Karantin: olis qishloqdagilarning og'irini engil qilish yo'lida...
Joriy yilning 31 mart kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqaramasi boshlig'i polkovnik Abduvohid Ismoilovning tashabbusi bilan Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh bo'lgan vohaning Muzrabot tumani bilan chegaradosh bo'lgan eng chekka hududida joylashgan "Yurtim jamoli", "mohiyat" hamda "chegarachi "mahallalarida istiqomat qiluvchi aholining og'irini engil qilish hamda jahon ahlini tahlikaga solib, dunyo bo'ylab keng tarqalib borayotgan koronavirus pandemiyasi va unga qarshi kurashish, bu kasallikning oldini olish sababli, e'lon qilingan karantin davrida fuqarolarimiz uylarida bo'lishlari, yashash hududidan olis joylardagi bozorlarga borib sarson bo'lishlarining oldini olish hamda oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini sun'iy ravishda oshirilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida og'irligi 50 kilogrammlik 400 qop un olib borilib, bir qop un narxi 139.000 (bir yuz o'ttiz to'qqiz) ming so'mdan sotilishi qat'iy qilib belgilandi.
Shuningdek, Muzrabot tumani ichki ishlar bo'limi rahbariyati tomonidan koronavirus pandemiyasi kasalligining oldini olish maqsadida, e'lon qilingan karantin davrida karantin qoidalariga va belgilangan cheklovlarga qat'iy rioya etishlari hamda jamoat joylarida niqoblarni taqib yurishlari, maqsadsiz uyidan chiqmasliklari borasida tushuntirish ishlari olib borilib, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ro'zg'or uchun kerakli bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari ham tarqatildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati