3 Aprel 2020 yil 757

Karantin: ichki ishlar organlari xodimlari Termiz shahridagi ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam ko'rsatmoqda

Surxondaryo viloyat ichki ishlar idoralari xodimlari koronavirus infektsiyasining viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo'yicha bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, fuqarolarga karantin qoidalariga va belgilangan cheklovlarga qat'iy rioya etish va jamoat joylarida niqoblarni taqib yurish bo'yicha doimiy targ'ibot ishlari olib borilayapdi. Dunyo bo'ylab yoyilgan bu ofatni tinch, osayishta va sarosimaga berilmasdan engishning mazmun-mohiyati keng tushuntirilayapti. Ko'cha va bozorlarda osuda harakatni ta'minlashga e'tibor kuchaytirilmoqda. Shahar va tumanlarni bog'lovchi yo'llarda harakatlanishni cheklash maqsadida, blok postlar tashkil etilmoqda.
Shuning barobarida, joylarda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan karantin davrida aholining salomatligini saqlash maqsadida, ezgu amallar ham qilinmoqda. Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i, podpolkovnik Hayitmurod Davlatov rahbarligida Termiz shahrida istiqomat qilib kelayotgan kam ta'minlangan, ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam ko'rsatib, moddiy-ma'naviy qo'llab-quvvatladi.
Ular uchinchi sektor hududida istiqomat qilayotgan 25 ta kam ta'minlangan oilalarga go'sht va oziq-ovqat mahsulotlari gigienik vositalar, niqob va boshqa birlamchi ehtiyoj mollari bepul tarqatildi.
Bunday ezgu ishlar viloyat ichki ishlar organlari barcha xodimlarining nafaqat o'z xizmati bilan balki, moddiy jihatdan ham koronavirusga qarshi kurashga qat'iy bel bog'laganiga yaqqol dalildir.
Xalqimizning osayishtalik posbonlari tomonidan vohamizning barcha hududlarida, chekka qishloq - ovullarida ham pandemiyaning voha hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo'yicha targ'ibot ishlari hamda hayriya tadbirlari davom ettirilmoqda. Buning ortidan esa halqimizning duolarini olishmoqda.
O'z navbatida, fuqarolarimizdan shuni iltimos qilib qolar edikki, karantin davrida ko'cha-kuyda bemaqsad yurmasdan, o'zingizning va yaqinlaringizning sog'ligini saqlash maqsadida, uylaringizda bo'lishlaringizni so'rab qolamiz!
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech