6 Aprel 2020 yil 830

Karantin: ezgulik otryadi Sho'rchi tumanida

Joriy yilning 30 mart kuni Sho'rchi tumani ichki ishlar bo'limi boshlig'i podpolkovnik Sh.Musurmonov tomonidan Sho'rchi tumanida istiqomat qilib kelayotgan kam ta'minlangan hamda nogironi bor oilalarga ichki ishlar organlari tizimida tashkil etilgan "ezgulik otryadi" bilan birgalikda ularning turmush tarzi va yashash sharoiti o'rganilib, xonadon egalariga dunyo bo'ylab keng tarqalib borayotgan koronavirus pandemiyasi va unga qarshi kurashish, bu kasallikning oldini olish maqsadida, e'lon qilingan karantin qoidalariga va belgilangan cheklovlarga qat'iy rioya etishlari hamda jamoat joylarida niqoblarni taqib yurishlari, maqsadsiz uyidan chiqmasliklari borasida tushuntirish ishlari olib borilib, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ro'zg'or uchun kerakli bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatishdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech