Karantin: "ezgulik otryadi" Bandixon tumanida
Bandixon tumani 3-sektor rahbari tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i mayor A.Berdinazarov rahbarligida, joriy yilning 31 mart kuni Bandixon tumani tumanida istiqomat qilib kelayotgan kam ta'minlangan hamda nogironi bor oilalarga ichki ishlar organlari tizimida tashkil etilgan "ezgulik otryadi" bilan birgalikda ularning turmush tarzi va yashash sharoiti o'rganilib, xonadon egalariga dunyo bo'ylab keng tarqalib borayotgan koronavirus pandemiyasi va unga qarshi kurashish, bu kasallikning oldini olish maqsadida, e'lon qilingan karantin qoidalariga va belgilangan cheklovlarga qat'iy rioya etishlari hamda jamoat joylarida niqoblarni taqib yurishlari, maqsadsiz uyidan chiqmasliklari borasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Tumanning 3-sektor hududidagi "Zevar", "Xo'jaipok", "bag'rikeng" hamda "obodyurt" mahallalarida yashovchi boquvchisini yo'qotgan, oilaviy sharoiti og'ir bo'lgan 20 ta xonadonga tashrif buyurib, xonadon egalariga 50 kg.lik bir qopdan un, 2 kg go'sht, 5 kg kartoshka, 5 kg piyoz, 5 kg makaron, 2 kg shakar, 5 donadan xo'jalik kir sovuni hamda 10 donadan tibbiy niqoblar tarqatildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati