9 Aprel 2020 yil 847

Karantin: endilikda, aholiga hayriya mahsulotlari volontyorlar tomonidan etkaziladi

O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig'ilishida, O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi A.N.Aripovning qarori asosida, respublikamizda Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash boshqarmalari qoshida jamoatchilik asosida faoliyat ko'rsatuvchi homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari tashkil etildi.
Ushbu markazga tadbirkorlar, ko'ngillilar hamda volontyorlarni jalb etish va hayriya mahsulotlarini har bir hududga biriktirilgan volontiyorlar tomonidan tarqatish tizimi joriy etildi.
Joriy yilning 2 aprel kuni shunday markazlardan biri Angor tumanida ham tashkil etilib, ushbu markazga ilk homiylik Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqaramasi boshlig'i polkovnik Abduvohid Ismoilov tashabbusi bilan un, yog', go'sht va boshqa ro'zg'or uchun kerakli bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Endilikda, homiylik hayriyalarini, shu jumladan oziq-ovqat, tibbiy buyumlar va boshqa zarur mahsulotlarni sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiqligi ko'rikdan o'tkazilib, ularni karantin talablariga qat'iy rioya qilgan holda vohamizda istiqomat qilayotgan, yoshi ulug', nochor, ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta'minlangan oilalarga jamoatchilik asosida faoliyat olib boruvchi volontyorlar tomonidan etkazib beriladi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech