Karantin davrida "ezgulik otryadi" Oltinsoy tumanida
Oltinsoy tumani 3-sektor rahbari tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i podpolkovnik A.Mirzaev rahbarligida, joriy yilning 31 mart kuni Oltinsoy tumani tumanida istiqomat qilib kelayotgan kam ta'minlangan hamda nogironi bor oilalarga ichki ishlar organlari tizimida tashkil etilgan "ezgulik otryadi" bilan birgalikda ularning turmush tarzi va yashash sharoiti o'rganilib, xonadon egalariga dunyo bo'ylab keng tarqalib borayotgan koronavirus pandemiyasi va unga qarshi kurashish, bu kasallikning oldini olish maqsadida, e'lon qilingan karantin qoidalariga va belgilangan cheklovlarga qat'iy rioya etishlari hamda jamoat joylarida niqoblarni taqib yurishlari, maqsadsiz uyidan chiqmasliklari borasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, 3-sektor hududidagi "Yakkatut", "Do'g'oba", hamda "Paxlovon" mahallalarida yashovchi boquvchisini yo'qotgan, oilaviy sharoiti og'ir bo'lgan 51 ta xonadonga tashrif buyurib, xonadon egalariga ro'zg'or uchun kerakli bo'lgan qishloq xo'jaligi mahsuotlari, gigienik vosita va tibbiy niqoblar tarqatildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati