9 Aprel 2020 yil 753

Karantin: Angor tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga hayriya mahsulotlari volontyorlar tomonidan etkazilmoqda

O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig'ilishida, O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi A.N.Aripovning qarori asosida, respublikamizda Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash boshqarmalari qoshida jamoatchilik asosida faoliyat ko'rsatuvchi homiylik hayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari tashkil etilganligi haqida xabar berib o'tgan edik.
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqaramasi rahbariyati, Angor tumani hokimi, tuman prokurori hamda tuman ichki ishlar bo'limi boshliqlari tomonidan Angor tumanida tashkil etilgan homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markaziga davlat tashkilotlari, tadbirkorlar va homiylar tomonidan topshirilgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-tarmon hamda tibbiyot anjomlarini ehtiyojmand oilalarga etkazish bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Shundan so'ng, markaz tomonidan shakllantirilgan ro'yxat asosida, Angor tumanidagi 4 ta sektor hududlarida istiqomat qiluvchi nogiron, boquvchisini yo'qotgan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan oilalarga un, yog', go'sht, kartoshka va boshqa turdagi ro'zg'or uchun kerakli bo'lgan oziq-ovqat hamda dari-darmon mahsulotlari maxsus "hayriya ehsoni" avtomashinalariga ortilib, mahalla hududlariga qarab yo'l oldi.
Homiylik hayriyalari oziq-ovqat, tibbiy buyumlar va boshqa zarur mahsulotlarni sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiqligi ko'rikdan o'tkazilib, ularni karantin talablariga qat'iy rioya qilgan holda mahallalarda istiqomat qilayotgan, yoshi ulug', nochor, ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta'minlangan oilalarga volontyorlar tomonidan etkazib berildi.

Bundan tashqari, Angor tumani 3 sektor rahbari tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i tashabbusi bilan tashkil qilingan ko'chma savdo yarmarkasi avtoulovida ham arzonlashtirlgan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi ham yo'lga qo'yildi.

Bu tashkil qilingan hayrli ishlardan aholi mamnunligini bildirishdi.
Hayrli va sahovatga yo'g'rilgan ishlar davom etmoqda.
Aziz fuqarolar sizlardan iltimos qilib qolar edik-ki! karantin davrida karantin qoidalariga qat'iy rioya qilib, uyd qoling!
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech