Kaptiva firibgarlik yo'li bilan sotildi
Denov tumanida 2021 yil 19 oktabr kuni tumanning "Ibn Sino" mahallasida yashovchi, S.Ilxom (ism shariflar o'zgartirilgan) IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil may oyida, Sho'rchi tumanida yashovchi, L.Rustam Kaptiva rusumli avtomashinasini 150.000.000 (bir yuz ellik million) so'mga savdolashib, boshidan 15.000.000 (o'n besh million) so'm pul berib, qolgan pulini bir oy muddatda berishini va'da qilgan holda sotib, oradan 15 kun o'tganidan so'ng ushbu Kaptiva rusumli avtomashinasini Sho'rchi tumanida yashovchi "Doston" ismli shaxsga 135.000.000 (bir yuz o'ttiz besh million) so'mga sotib, uning nomiga rasmiylashtirib berib S.Ilxomning 135.000.000 (bir yuz o'ttiz besh million) so'm pullarini bermasdan shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini bildirgan. 1 noyabr kuni L.Rustamga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati