Yurting obod ekan, xalqing farovon yashaydi
Joriy yilning 4 yanvar kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik M.Boltaev tomonidan Muzrabot tumanidagi 37 ta mahallalarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda agrotexnik tadbirlarini tashkillashtirish ishlari olib borildi.
Avvaliga ishni sifatli tashkil etish uchun viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan “Fidokor”, “Yurtim jamoli”, “At-termiziy”, “Yangi diyor” mahallalarida joylashgan avtomobil yo‘llari va temir yo‘l yoqalaridagi chiqindilarni tozalash, daraxtlarni oqlash, ariq atrofini xas-hashaklardan tozalash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha yig‘ilgan mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Ushbu obodonlashtirish ishlari tadbiriga viloyat va tuman Ichki ishlar bo‘limlaridan, tumandagi mas’ul korxona va tashkilotlardan, ishchi-xizmatchilaridan tashqari, ushbu mahallalardagi mahalla faollari, ko‘cha boshilari hamda tuman Obodonlashtirish bo‘limidan 5 ta maxsus texnikalar obodonlashtirish ishlariga jalb etildi.
Obodonlashtirish tadbirlari davomida “Fidokor”, “Yurtim jamoli”, “At-termiziy”, “Yangi diyor” mahallalarining yo‘l yoqalariga 500 dona archa ko‘chatlari ekildi.
Ushbu ko‘chatlarni suv ta’minotini yaxshilash maqsadida
1 dona suv nasos o‘rnatildi.
Tuman markazidagi mahallalarda viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsiligi boshqarmasi tomonidan ajratilgan 12 ta maxsus texniklar yordamida
24 tonnaga yaqin maishiy chiqindilar olib chiqildi.
Yo‘l yoqasidagi 3000 donadan ortiq daraxtlar hamda
170 dona elektr simyog‘ochlar oqlandi.
Shuningdek, 2,5 km ariqlar tozalandi, qo‘shimcha 200 dona gul ko‘chatlari ekildi.
Bundan tashqari, 3 km ichki yo‘llar tekislanib, soz holatga keltirildi, yo‘l yoqalaridagi daraxtlarning butalariga shakl berilib tartibga keltirildi.
Muzrabot tumani “Fidokor” mahallasiga kirish qismida ko‘prik atroflari va yo‘l yoqasidagi bog‘lardagi daraxtzorlarda oqlash ishlari olib borildi.
Muzrabot tumaniga kirish qismidagi asosiy yo‘llardagi ta’mirtalab joylarida qayta ta’mirlash ishlari olib borildi.
Chegara post hududidagi ariq va zovurlarning 300 metr qismi tozalangan bo‘lsa, 450 metr tuproq yo‘llariga tosh-shag‘al to‘kilib, ta’mirlash ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, Muzrabot tumanida joriy yilning
4 yanvar kuni agrotexnik tadbirlarda, 32 ta fermer xo‘jaliklarida 66 ta yuqori unumdorli qishloq xo‘jaligi texnikalari yordamida 690 gektar paxta ekishga mo‘ljallangan er maydonida shudgorlash ishlari amalga oshirilib, 18 ta fermer xo‘jaliklarining 384 gektar g‘alla ekin maydonlarida 1-oziqlantirish ishlari amalga oshirildi.
Sharbat usulida sug‘orish uchun 57 ta xandak qazilib, fermer xo‘jaliklari dalalariga 453 tonna mahalliy o‘g‘it chiqarildi. Fermer xo‘jaliklarining dalalari atrofida tozalash va ichki ariqlarni qazish ishlariga erishildi.
Hududlarda obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borilayotganligi, yurtimizning yanada obodligi, xalqimizning farovonligiga zamin yaratadi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati