Jurnalist va Blogerlar bilan uchrashuv…
Muzrabot tuman hokimligi binosida tuman IIB boshlig'ining birinchi o'rinbosari kapitan Sodiq Choriev hamda tuman hokimining birinchi o'rinbosari Abdug'ani Achildievlar tumanda faoliyat olib borayotgan jurnalist, bloger hamda ijtimoiy tarmoq faollari bilan uchrashishdi. Uchrashuv davomida hozirgi kunda tumanimizda jinoyatchilikning salmog'i sezilarli darajada oshganligi va asosan firibgarlik jinoyati oshganligi aytib o'tildi.
Ushbu yig'ilishda Muzrabot tumani IIB boshlig'ining 1-o'rinbosari kapitan S.B.Choriev ham so'zga chiqib, tuman hududida yashovchi fuqarolarning muammolarini o'rganish, ushbu muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hal etish yuzasidan hamkorlik qilish zarurligi, fuqarolar orasida norozilik holatlarining kelib chiqish sabab va sharoitlarini tizimli ravishda o'rganish, ularni o'z vaqtida bartaraf qilish va aholi orasida norozilikni keltirib chiqaruvchi omillarga barxam berish, yuzaga kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni sektorlar kesimida hal etish, ushbu muammolarni tegishli soxaviy xizmatlarga etkazish va ijrosini nazorat qilish zarurligi, bunda ommaviy axborot vositalarining ayniqsa, blogerlarning rolini kuchaytirish kerakligini, bir so'z bilan aytganda OAV "oyna" vazifasini bajarishi lozimligini ta'kidlab o'tdi.
Shu bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarining kuchi yordamida aholi orasida davlat tashkilotlariga bo'lgan ishonch ruhini shakllantirish, Muzrabot tumanini respublikaning rivojlangan hududlaridan biriga aylantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan tegishli chora-tadbirlarni tuman aholisiga o'z vaqtida va xolisona tartibda etkazish zururligi, shuningdek, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va unga qarshi kurash, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, tumanda mavjud kriminal vaziyatdan fuqarolarni o'z vaqtida boxabar qilish maqsadida sodir etilgan jinoyatlarni OAV (radio, televideniya, gazeta va jurnallar, Internet ijtimoiy tarmoqlari)da keng yoritib borish, jinoyat sodir etilgan mahallalarda tuman IIB raxbariyati va sektor raxbarlari ishtirokida keng jamoatchilik oldida jinoyat muhokamalarini tanqidiy ruhda tashkil etishda jurnalist va blogerlarning roli alohida ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab o'tildi. Shu bilan birgalikda 2021 yil muhim siyosiy ahamiyatga ega yil ekanligi, chunki joriy yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov o'tkazilishi belgilanganligi, ushbu siyosiy jarayonni ko'tarinki ruhda o'tkazishga tumanda mavjud barcha tashkilotlar va davlat organlari mas'ul ekanligi, tuman hududida tashkil etilayotgan saylov uchastkalari va ularning mas'ul a'zolarining faoliyati, saylovni o'tkazilish tartibi hamda boshqa saylovga oid har qanday yangiliklar OAV orqali tumanimiz aholisini o'z vaqtida boxabar etib borishi lozimligini aytib o'tdi.
Uchrashuv so'ngida jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.