26 Aprel 2023 yil 246

"Yuragida vatan bor edi...”

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo Akademik litseyida O‘zbek she’riyatining yorqin vakili shoir Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan "Yuragida vatan bor edi..." mavzusida badiiy-adabiy tadbir  bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida, o‘quvchilar tomonidan shoir qalamiga mansub she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va badiiy sahna asarlari namoyish etildi.

Tadbirga tashrif buyurgan Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinborasi mayor H.Nurmatov so‘zga chiqib, o‘tgan asrning so‘nggi choragida adabiyotimizning pokiza osmonida “yo‘lchi yulduzdek” porlagan shoir Muhammad Yusuf she’riyati haqida nutq so‘zladi.

Tadbir davomida faol ishtirok etgan o‘quvchilar rahbariyat tomonidan esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Text to speech