26 Aprel 2023 yil 446

Yo‘l transporti hodisalarining kelib chiqish sabablari tahlil qilindi

Bugun Angor tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida transport va yo‘l harakati xavfsizligi sohasi mas’ullari ishtirokida transport xizmati ko‘rsatish sifatini yaxshilash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Viloyatda jami 246 mingta avtomobil mavjud bo‘lib, avtomashinalar sonining ortib borishi, ayrim haydovchilarning belgilangan qoidalarga rioya qilmasligi oqibatida joriy yil 3 oyi davomida 61 ta yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan. Oqibatda hodisa ishtirokchilarining 22 nafari vafot etgan, 41 nafari jarohatlangan.

Yo‘l-transport hodisalari hududlar kesimida tahil qilindi, kelib chiqish sabablari muhokama qilindi. Yo‘llarda harakat xavfsizligini kuchaytirish, kuzatuv kameralari o‘rnatish, situatsion markaz faoliyatini tashkil etish hamda jamoat transportini rivojlantirish borasida mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.

Text to speech